» » Xitoyning CCTV-4 kanali jurnalistlari Farg‘ona va Marg‘ilon haqida hujjatli film suratga oldi

Xitoyning CCTV-4 kanali jurnalistlari Farg‘ona va Marg‘ilon haqida hujjatli film suratga oldi


Xitoy markaziy televideniyesining CCTV-4 kanali teleijodkorlari tomonidan Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari haqida hujjatli film suratga olindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi taklifi asosida mamlakatga tashrif buyurgan Xitoy markaziy televideniyesining 12 nafar xodimi uch kun davomida Marg‘ilonning tarixiy-madaniy merosi va sayyohlik salohiyati, o‘zbek xalqining urf-odat va an’analari haqida lavhalar tayyorladi.

“Xitoyda Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan O‘zbekistonga, o‘zbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosiga qiziqish katta. ‘Bir kamar – bir yo‘l’ loyihasi doirasida dastlab Toshkent shahri haqida hujjatli film tayyorladik. Dasturimizdagi keyingi manzil Farg‘ona viloyati bo‘ldi. Uch kun davomida Marg‘ilon va Farg‘ona shaharlarining diqqatga sazovor joylarini tasvirga oldik. Bu turkum ko‘rsatuvlar orqali Xitoy xalqini O‘zbekiston va uning betakror tabiati, boy tarixiy merosi, ajoyib odamlari bilan tanishtirishni maqsad qilganmiz”, — deydi Xitoy markaziy televideniyesi bosh muharriri Yan Xua.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limida xitoylik teleijodkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari Muhammadjon Obidov farg‘onalik jurnalistlarning Xitoyga safarlari, xitoyliklarning Farg‘ona viloyatiga tashrifi haqida so‘zlab berdi, ayni mavzuda hikoya qiluvchi hujjatli lavhalar namoyish etildi.

“O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda do‘stona munosabatlar tobora rivojlanmoqda. Xitoy Xalq Respublikasi Jurnalistlari assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari buning dalilidir”, — deydi M. Obidov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2018, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют