» » Fuqarolik sudlari 216 milliard so‘mdan ortiq da’volarni undirish to‘g‘risidagi qarorlarni chiqardi

Fuqarolik sudlari 216 milliard so‘mdan ortiq da’volarni undirish to‘g‘risidagi qarorlarni chiqardi


Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan to‘qqiz oy davomida 171 899 ta ish ko‘rib chiqildi. Bu 2017-yilning shu davriga nisbatan 22 foizga kamroqdir. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidovga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

216 milliard so‘mdan ziyodroq miqdordagi majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi 210 661 ta sud qarori chiqarildi. Bu ko‘rsatkich 2017-yilning to‘qqiz oyidagilar bilan solishtirilganda, mos ravishda 64 foiz va 41 foizga kamaydi.

Ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha 147 351 ta sud qarori chiqarildi, ularning 83 foizi bo‘yicha talablar qanoatlantirildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar nikohni bekor qilish bo‘yicha 30 040 ta, kelishuvlar bilan bog‘liq bahslar bo‘yicha 1 335 ta, ishga qayta tiklash bo‘yicha 1 171 ta va ota-onalik huquqidan mahrum etish bo‘yicha 987 ta qaror qabul qildi.

62 657 ta fuqarolik ishi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan aholi bilan 4 393 ta uchrashuv va ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud kollegiyasi nazorat tartibida ko‘rib chiqilgan 778 ta ish bo‘yicha protestlarni qanoatlantirdi. Quyi sudlarning 714 ta qarori bekor qilinib, 64 ta sud qaroriga o‘zgartishlar kiritildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2018, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют