» » Samarqandda Captiva bekatga borib urilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda Captiva bekatga borib urilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi


Samarqand viloyati Ishtihon tumani Mitan qo‘rg‘onida 20-oktabr kuni soat taxminan 22:30 da Captiva rusumli avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Mazkur avtohalokat natijasida avtomashina ichida to‘lgan 4 nafar yo‘lovchining ikki nafari voqea joyida halok bo‘lgan. Ikki nafari tuman tibbiyot markazining tez yordam bo‘limiga yetkazilgan.

Mazkur yo‘l transport hodisasining tafsilotlari yuzasidan “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev Samarqand viloyat IIB Yo‘l harakat xavfsizligi boshqaomasi matbuot xizmati bilan bog‘langan. Biroq, viloyat IIB YHXB matbuot xizmati ushbu hodisa yuzasidan ma’lumot berishni istamadi.

“Daryo” muxbirining boshqa manbaalar orqali olgan ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yil 20-oktabr kuni soat 22:30 atrofida Ishtihon tumani, Egarcha qishlog‘i hududidan o‘tuvchi Mitan—Ishtihon avtomobil yo‘lida J.H. boshqaruvidagi bo‘lgan Captiva rusumli davlat raqami 25 T 370 DA davlat raqamli belgili avtomashinasini Mitan—Ishtihon yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotgan payt harakat yo‘nalishiga nisbatan yo‘lning o‘ng tomon chekka qismida joylashgan bekatga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Natijada avtomashinada yo‘lovchi sifatida bo‘lgan J.U. va A.T. tan jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, haydovchi J.H. va D.A. turli darajadagi tan jarohati olib tuman markaziy shiflxonasiga yotqizilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2018, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют