» » Turkiya hukmron partiyasi Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi rejalashtirilganligini ma’lum qildi

Turkiya hukmron partiyasi Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi rejalashtirilganligini ma’lum qildi


Saudiyalik muxolifatchi jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi rejalashtirilgan edi, aybdorlar jazolanadi. Bu haqda 22-oktabr, dushanba kuni Turkiya hukmron partiyasi matbuot kotibi Omer Chelik ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Har kuni Qoshiqchi bilan nima yuz berganligining yangi dalillari paydo bo‘layotganligini ko‘rishimiz mumkin. Bugun elchixonadan jurnalistning kiyimini kiyib, chiqib ketayotgan odamning videosi paydo bo‘ldi. Bularning barchasi bu vahshiy qotillik rejalashtirilganligidan dalolat beradi”, — dedi Chelik jurnalistlarga.

“Turkiya — huquqiy davlat, u qonunga qat’iy amal qiladi. Agar surishtiruv kechikayotgan bo‘lsa, bu Saudiya tomoni harakatlari sababli yuz bermoqda. Aynan ular Turkiya politsiyasining konsullikka kirishiga ruxsat berishni kechiktirdi. Oxir-oqibatda aybdorlar jazolanishi va bu kabi voqeani qaytarish hech kimning xayoliga kelmasligiga ishonchim komil”, — deya ta’kidladi turk siyosatchisi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют