» » Olimlar labradorlarning hayot davomiyligi ularning rangiga qanday bog‘liq ekanligini aniqladi

Olimlar labradorlarning hayot davomiyligi ularning rangiga qanday bog‘liq ekanligini aniqladi


Avstraliyalik olimlar shokoladrang tusli labrador-retriver zotidagi itlarning hayot davomiyligi shu zotdagi qora yoki sarg‘ish rangdagi itlar umri davomiyligidan o‘rtacha o‘n foizga kamroq ekanligini aniqladi. Bundan tashqari aynan shokoladrang labradorlar quloq va teri kasalliklaridan ko‘proq aziyat chekadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Labrador-retriverlarning o‘rtacha umr davomiyligi 12 yilni tashkil qiladi, biroq bu zotdagi shokoladrang itlarda bu ko‘rsatkich pastroq.

Shokoladrang labradorlarning turli kasalliklarga chalinish darajasi ham sariq va qora tusli labradorlarga nisbatan yuqoriroq.

Olimlarning taxminicha, shokoldrang tusdagi itlarda qaytalovchi infeksiyalar immun tizimiga og‘irlikni yuzaga keltiradi, bu esa ularning umrini sezilarli darajada qisqartiradi.

Olimlarning qayd etishicha, shokoladrang labradorlar umri davomiyligining kamligi ularning genofondi chegaralanganligiga bog‘liq.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2018, 08:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют