» » Janubiy Koreyadagi yong‘inda o‘zbekistonliklarning ikki farzandi halok bo‘ldi

Janubiy Koreyadagi yong‘inda o‘zbekistonliklarning ikki farzandi halok bo‘ldi


Janubiy Koreyaning Kyonsan-Namdo viloyati Kimxe shahrida yuz bergan yong‘in oqibatida o‘zbekistonlik muhojirlarning farzandlari jabr ko‘rdi. Bu haqda “Sputnik” xabar bermoqda.

Yong‘in 20-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:40 atrofida, bir xonali kvartiralardan iborat to‘rt qavatli binoda yuz bergan. Bino ikkinchi qavatidagi xonadonlarning birida yetti kishidan (er-xotin uch farzandi bilan, shuningdek, xotinning singlisi bir o‘g‘li bilan) iborat o‘zbekistonlik oila istiqomat qilib kelgan.

Yong‘in birinchi qavatdagi avtoturargohda kelib chiqqan. Kvartirada faqat to‘rt bola bo‘lgan. Aksariyat odamlar olov ichida qolgan binoni tezda tark etgan. Ular baqir-chaqir qilib, xavf haqida ogohlantirgan va hammani qochishga chaqirgan, biroq bolalar koreys tilini bilmaganligi uchun nima bo‘layotganini tushunmagan va qochishga ulgurmagan.

To‘rt yoshli o‘g‘il bola kasalxonaga yetmay vafot etgan. Uning 14 yoshli opasi esa tibbiyot muassasasiga olib kelinganidan so‘ng vafot etgan. 12 va 13 yoshli yana ikki o‘g‘il bolaning ahvoli juda og‘ir ekani aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2018, 08:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют