» » Fransiyada Obamani mamlakat prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatish istagi bildirildi

Fransiyada Obamani mamlakat prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatish istagi bildirildi


AQSh sobiq prezidenti Barak Obamaning Fransiyadagi muxlislari uni mazkur Yevropa davlati prezidentligi uchun nomzod sifatida ko‘rsatishni xohlamoqda, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Qayd etilishicha, Parijda Obama17 yozuvli va Obama surati tushirilgan plakatlar paydo bo‘lgan.

Tashabbus mualliflari fransuzlardan sobiq AQSh prezidenti Fransiyadagi prezidentlik saylovida ishtirok etishi uchun bu haqdagi petitsiyaga imzo chekishni so‘ramoqda.

Tashkilotchilarning taxminicha, bu g‘oya amalga oshishi uchun 1 million imzo to‘planishi lozim.

AQSh sobiq prezidentining muxlislari Obama nomzodini Fransiya prezidenti lavozimiga ilgari surish g‘oyasi avvalroq, uning prezidentlik vakolatlari tugashiga ikki oy qolganida tug‘ilganini qayd etdi.

“Biz chindan ham yaxshi ko‘radigan insonimizga ovoz berish imkoniga ega bo‘lishni orzu qilamiz”, — dedi g‘oya tarafdorlaridan biri.

Masalaning bir “lekin”i bor — Fransiya prezidenti fransuz bo‘lishi lozim. Obama esa fransuz emas.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-02-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют