» » O‘zbekistonda ilk bor ekologik gulchang qopqonlari o‘rnatildi

O‘zbekistonda ilk bor ekologik gulchang qopqonlari o‘rnatildi


Toshkent shahrida O‘zbekiston tarixidagi ilk ikkita so‘nggi avlodga mansub ekologik gulchang qopqonlari o‘rnatildi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Qurilma InnoWeek xalqaro innovatsiya haftaligi doirasida O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi va Vena tibbiyot instituti hamkorligida o‘rnatildi.

Shu vaqtgacha allergiyadan aziyat chekuvchi o‘zbekistonlar havoda gulchanglar paydo bo‘lganidan allergik reaksiyalar yuz berganidan so‘ng xabar topardi. Endi gulchang monitoringi allergiya mavsumi qachon boshlanishini oldindan prognoz qilish, o‘z navbatida kasallik avj olishi haqida ogohlantirish imkonini beradi.

“Qopqonlarga tushgan gulchanglar mikroskop yordamida tekshiriladi, tekshiruvlar esa o‘pkaga tushishi mumkin bo‘lgan gulchang haqida to‘liq ma’lumot beradi. Tahlil natijalari 2019-yildan boshlab Innovatsion rivojlanish vazirligi saytida muntazam e’lon qilib boriladi. Gulchang qopqonlari yordamida olingan ma’lumotlar asosida shifokorlar mavjud allergiya qo‘zg‘ovchilar doirasini qisqartirish, bu esa o‘z navbatida turli keraksiz tahlillar uchun vaqt va mablag‘ sarflamaslik hamda aniq tashxis qo‘yish imkonini beradi”, — dedi vazirlik vakili.

Hozircha gulchang qopqonlari Toshkentning ikki nuqtasiga — Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Innovatsion klinikaga va Olmazor tumanidagi Ilg‘or texnologiyalar markaziga o‘rnatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2018, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют