» » Germaniya Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi tufayli Saudiya Arabistoniga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi

Germaniya Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi tufayli Saudiya Arabistoniga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi


Germaniya iqtisodiyot vaziri Peter Altmayer jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limi tufayli Saudiya Arabistoniga qurol yetkazib berisni to‘xtatishini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Meduza”.

Altmayerning qayd etishicha, mamlakat hukumati ar-Riyodning bergan izohidan qoniqish hosil qilmagan. “Biz jurnalist bilan nima bo‘lganini aniq bilmagunmizga qadar qurol yetkazib berish to‘xtatiladi”, — deydi u.

2018-yil boshida Germaniya va Saudiya Arabistoni qurol yetkazib berish bo‘yicha 400 million dollarlik shartnoma imzolagan edi.

Saudiya Arabistoni Jazoirdan so‘ng Germaniya qurolini eng ko‘p xarid qiluvchi ikkinchi mamlakat hisoblanadi.

Mavzuga doir: Saudiya Arabistoni hukumatidagi manba Qoshiqchining o‘limi tafsilotlarini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2018, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют