» » Messi va Ronaldusiz o‘tadigan “El-Klasiko”ni boshqaradigan hakam ma’lum bo‘ldi

Messi va Ronaldusiz o‘tadigan “El-Klasiko”ni boshqaradigan hakam ma’lum bo‘ldi


Xose Mariya Sanches Martines Ispaniya La Ligasi 10-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan “Barselona”—“Real Madrid” uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi.

Uchrashuv 28-oktabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Martines o‘tgan mavsum Madridda kechgan “El-Klasiko”ni ham boshqargandi. O‘shanda “Barselona” “Real”ni 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. Bosh hakamga VAR tizimi orqali Alexandro Ernandes yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, 11 yil ichida ilk marta “Barselona”—“Real” bahsida na Messi va na Ronaldu ishtirok etadi. Krishtianu “Yuventus”ga o‘tib ketganligi bois, uchrashuvda qatnashmasa, Messi esa o‘tgan turda qo‘li singanligi bois uch hafta maydonga tusha olmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2018, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют