» » Toshkentda 9 oy yakunlari bo‘yicha budjet tushumi 9,7 trln so‘mni tashkil qildi

Toshkentda 9 oy yakunlari bo‘yicha budjet tushumi 9,7 trln so‘mni tashkil qildi


Joriy yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha Toshkent shahrida budjet daromadlari prognozi 14 foizga ortig‘i bilan bajarilib, tushum 9,7 trillion so‘mni tashkil etdi, deb xabar beradi Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘basi.

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23 foizga oshdi degani. Xususan, sanoat korxonalari 1,8 trillion, savdo korxonalari 1,0 trillion, qurilish sohasi korxonalari 0,5 trillion, transport korxonalari 0,7 trillion, umumiy ovqatlanish korxonalari 0,1 trillion, bank muassasalari 0,5 trillion va boshqa korxonalar tomonidan 5,0 trillion so‘m soliqlar to‘langan.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida norasmiy ravishda ishlab kelayotgan 7 601 nafar fuqaroning faoliyati qonuniylashtirildi. Bundan tashqari, turli muammolar sabab faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan 5257 nafar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati davlat soliq xizmati organlari ko‘magi bilan qayta tiklandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2018, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют