» » Istanbulda ashadiy jinoyatchi pichoq bilan 11 kishini jarohatladi

Istanbulda ashadiy jinoyatchi pichoq bilan 11 kishini jarohatladi


Turkiyaning Istanbul shahrida qochoq jinoyatchi o‘tkinchilarga pichoq bilan hujum qilib, 11 kishiga jarohat yetkazdi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Hodisa shahardagi Kadiko‘y tumanida yuz bergan. Qochoq jinoyatchi do‘kon oldida bir ayolga hujum qilgan. Keyinroq u ayolga yordam bermoqchi bo‘lgan boshqa o‘tkinchilarga ham tashlangan. Erkak ushbu harakatlardan so‘ng qochishga uringan, uni to‘xtatmoqchi bo‘lgan hammaga esa pichoq bilan tashlangan. Hodisa oqibatida hammasi bo‘lib 11 kishi jarohatlangan.

Erkak hozirda hibsga olingan. Ushbu jarayonda uning o‘zi ham jarohat olgan.

Jinoyatchi avval olti marta sudlangan. U o‘g‘rilik va bezorilik bo‘yicha ayblangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2018, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют