» » Telekommunikatsiya tarmog‘idan ruxsatsiz foydalanish ham jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Telekommunikatsiya tarmog‘idan ruxsatsiz foydalanish ham jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi


Endi telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortishlari mumkin. Bu prezident tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan, deb yozadi “Kun.uz”.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi quyidagi mazmundagi 278(7)-modda bilan to‘ldirildi:

“278(7)-modda. Telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish

O‘rnatilgan himoya tizimlarini chetlab o‘tgan holda telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanish va xalqaro trafikni o‘tkazish maqsadida telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, shuningdek mazkur maqsadlar uchun mo‘ljallangan maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) saqlash va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratish – eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;

b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

v) xizmat mavqeidan foydalanib;

g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, – eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2018, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют