» » O‘zbeklar va qirg‘izlar janjallari videosini WhatsApp’da tarqatgan erkak hibsga olindi

O‘zbeklar va qirg‘izlar janjallari videosini WhatsApp’da tarqatgan erkak hibsga olindi


Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi 2010-yilda respublika janubida yuz bergan millatlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar kadrlari aks etgan videoroliklarni messenjer orqali tarqatayotgan erkakni hibsga oldi. Bu haqda “Sputnik O‘zbekiston” xabar bermoqda.

2010-yilda Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishi amalga oshirlib, bu hodisa ommaviy tartibsizliklar bilan birga kechgan. Unda respublika janubida istiqomat qiluvchi o‘zbeklar va qirg‘izlar o‘rtasida millatlararo to‘qnashuvlar ham yuz bergan.

“MXDQ tomonidan Batken viloyatida yashovchi Qirg‘iziston fuqarosi A.A. qo‘lga olindi. Qo‘lga olingan shaxs WhatsApp’da guruh ochib, unga provokatsion xarakterdagi, millatlar o‘rtasida dushmanlikni yoyishga qaratilgan videoroliklarni joylashtirgan. U 2010-yilda olingan videoroliklarni tarqatgan”, — deya xabar qiladi qo‘mita matbuot-xizmati.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2018, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют