» » Xorijda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarning 42 kishidan iborat 2-guruhi O‘zbekistonga qaytdi

Xorijda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarning 42 kishidan iborat 2-guruhi O‘zbekistonga qaytdi


Xorijda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarning 42 kishidan iborat 2-guruhini Toshkent Xalqaro aeroportida qarindoshlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklarining mas’ul vakillari kutib oldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shundan so‘ng, ular Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligiga olib borilib, u yerda to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Fuqarolar salomatligi nazoratga olingach, Rossiya Federatsiyasidan olib kelingan o‘zbekistonliklar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida xorijda og‘ir ahvolda qolgan fuqarolar bandligini ta’minlash, ularning kelgusi faoliyatlari uchun kerakli imkoniyatlarni yaratish, jumladan, xususiy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishi uchun mikrokreditlar ajratish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi, fuqarolarni qiziqtirgan masalalarda fikr-mulohaza almashildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekistonga qaytarilgan fuqarolarning yashash manziliga qadar yo‘l xarajatlarini qoplash maqsadida ular uchun eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida pul mablag‘lari tarqatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2018, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют