» » 24-oktabr kuni O‘zbekistonda Qirg‘iziston madaniyati kunlari boshlanadi

24-oktabr kuni O‘zbekistonda Qirg‘iziston madaniyati kunlari boshlanadi


24—28-oktabr kunlari O‘zbekistonda Qirg‘iziston Respublikasi madaniyati kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qirg‘iziston san’at va madaniyat namoyondalari ertaga Toshkentga tashrif buyurib, diqqatga sazovor joylarni tomosha qiladi.

Madaniyat kunlarining tantanali ochilish marosimi 25-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida Toshkent fotosuratlar uyida Qirg‘iziston badiiy va amaliy san’ati ko‘rgazmasi, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida qirg‘iz filmlari namoyishi, shuningdek, boshqa tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etiladi.

Qirg‘izistonlik san’atkorlar Samarqand shahriga ham tashrif buyuradi. Samarqand viloyat musiqali drama teatrida qardosh xalq san’at ustalari ishtirokida katta konsert namoyish etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют