» » BMT niqob taqishga taqiqni inson huquqlarining buzilishi deb tan oldi

BMT niqob taqishga taqiqni inson huquqlarining buzilishi deb tan oldi


BMTning Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasining 23-oktabr kunidagi bayonotiga ko‘ra, Fransiyada amalda bo‘lgan niqob taqishga taqiq inson huquqlarining buzilishi hisoblanadi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Qo‘mita bayonotiga ko‘ra, niqob taqqan ayollarga qo‘llaniladigan jarimalar inson huquqlarining buzilishi hisoblanadi. Fransiyaning dalil-isbotlari qo‘mita a’zolarini 2010-yilda joriy qilingan taqiq haqiqatdan ham zarur va xavfsizlik talablariga muvofiq ekanligi, shuningdek, jamiyatda yashash tamoyillariga mos kelishiga ishontira olmagan.

Bundan tashqari, qo‘mitaning xulosasiga ko‘ra, niqobga qo‘yilgan taqiq teskari effekt berishi mumkin: taqiq ayollarni himoya qilish o‘rniga, ularni uyda o‘tirishga hamda ommaviy xizmatlardan foydalana olmaslikka va jamiyatdan uzoqlashib ketishga majbur qiladi.

Fransiyaga 180 kun ichida qo‘mitaga qabul qilingan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobot berish yuklatilgan. Niqob taqishni taqiqlovchi qonunni qayta ko‘rib chiqish ko‘zda tutilmoqda. Shu bilan birga, qo‘mitaning qarori tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, uning ijrosi majburiy hisoblanmaydi.

Niqob bilan birga, Fransiyaning ba’zi shaharlarida musulmonlarning cho‘milish kiyimi hisoblangan burkini ham taqiqlangan. Bunga o‘xshash taqiqlar Avstriya, Belgiya, Daniya hamda Shveysariya va Kanadaning ba’zi hududlarida ham mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2018, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют