» » Avariyadan keyingi birinchi “Progress” yuk kemasi XKSga muvaffaqiyatli tutashdi

Avariyadan keyingi birinchi “Progress” yuk kemasi XKSga muvaffaqiyatli tutashdi


“Progress MS-05” koinot yuk kemasi 24-fevral, juma kuni ertalab Xalqaro koinot stansiyasiga (XKS) tutashdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda. 

Rossiyaning Moskva viloyati, Korolyov shahrida joylashgan Parvozlarni boshqarish markaziga ko‘ra, tutashuv ikki sutkalik sxemada amalga oshirildi. Kema “Pirs” moduliga avtomatik tartibda ulangan.

“Progress MS-05” stansiyaga 2,5 tonnaga yaqin turli yuk, jumladan, yoqilg‘i, siqilgan gaz, “Orlan-XKS” skafandri, ilmiy tajribalar uchun jihozlar, oziq-ovqat va suv konteynerlarini yetkazdi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil 1-dekabrida Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirilgan “Progress MS-04” yuk kemasi orbitaga chiqolmagan va halokatga uchragandi.  “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-02-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют