» » Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarga boshpana bo‘lgan Rishtondagi eski maktab binosini o‘zboshimcha fuqarodan qaytarib olib berdi

Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarga boshpana bo‘lgan Rishtondagi eski maktab binosini o‘zboshimcha fuqarodan qaytarib olib berdi


O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi Farg‘ona viloyati Rishton tumani Chungara qishlog‘ida joylashgan 44-maktabning bir guruh o‘qituvchilariga turar-joy sifatida foydalanib kelingan binoni qaytarishga amaliy ko‘mak berdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

44-maktab o‘qituvchilari Xalq ta’limi vazirligining “Ustoz ovozi” virtual inspektor tizimiga murojaat qilgan. Murojaatda aytilishicha 10 dan ziyod o‘qituvchi bolalarni o‘qitish uchun tuman markazidan Chungara qishlog‘iga keladi. Maktab rahbariyati ish kunlarida yashash uchun ularga eski maktab binosini ajratgan.

“O‘qituvchilarning ta’kidlashicha, qishloq aholisidan biri o‘zboshimchalik bilan ushbu binoni egallab olgan”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Vazirlikning Huquqiy-nazorat xizmati mutaxassislari murojaatni o‘rganib chiqib, o‘qituvchilar foydalanishidagi binoni qaytarib olish uchun tegishli choralar ko‘rgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2018, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют