» » Buxoroda aslida yo‘q 4 tonnadan ziyod paxtani hosilga qo‘shib yozdirishga erishgan fermerlar fosh etildi

Buxoroda aslida yo‘q 4 tonnadan ziyod paxtani hosilga qo‘shib yozdirishga erishgan fermerlar fosh etildi


Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi fermer xo‘jaliklaridan birining traktorchisi T.Q. xo‘jalik mansabdorlari bilan oldindan til biriktirib, tirkama og‘irligini sun’iy oshirib, haqiqatda topshirilmagan 1,6 million so‘mlik 460 kilogramm paxtaning ortiqcha hisoblab yozilishiga erishgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Romitan tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Agroinspeksiyaning Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fermer xo‘jaligining mansabdorlari tirkama og‘irligini sun’iy oshirish yo‘li bilan 2018-yilgi paxta hosilidan aslida topshirilmagan jami 21,4 million so‘mlik 4236 kilogramm paxta xom ashyosini “Shofirkon paxta tozalash” kompaniyasi balansiga noqonuniy o‘tkazganligi aniqlangan.

Xabar berishlaricha, mazkur holatlar yuzasidan fermer xo‘jaligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2018, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют