» » Habib Nurmagomedov: “Meyvezer bilan muxlislarga to‘la “Lujniki”da jang qilishni xohlayman”

Habib Nurmagomedov: “Meyvezer bilan muxlislarga to‘la “Lujniki”da jang qilishni xohlayman”


UFC’ning rossiyalik chempioni Habib Nurmagomedov boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer bilan Moskvadagi “Lujniki” stadionida jang qilishni xohlashini ma’lum qildi.

“Meyvezer bilan jangimni muhokama qildik va biz jangni Moskvadagi afsonaviy “Lujniki” stadionida o‘tishini xohlaymiz. Stadion 100 ming tomoshabinni o‘z bag‘riga chorlashiga ishonchimiz komil, shuningdek, pulli translyatsiya borasida ham jahon rekordi o‘rnatiladi. Eng asosiysi esa mening burchagimda otam ham bo‘ladi. Axir Moskva uchun viza shart emas”,—deb yozadi Habib Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlev bilan suhbatdan so‘ng.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habib Floydni jangga chorlagan edi. Meyvezer esa bunga rozilik bildirib, jang faqat boks qoidalari bo‘yicha o‘tishini bildirdi. Habib esa Konor bilan jang bo‘lib o‘tgan Nevadada qaytib jang qilmasligini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют