» » Toshkent shahridagi elektr tarmoqlari uzoq muddatli ijaraga berilishi mumkin

Toshkent shahridagi elektr tarmoqlari uzoq muddatli ijaraga berilishi mumkin


Toshkent shahridagi elektr energiyasi tarqatish tarmoqlari ijaraga berilishi mumkin. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Hujjat bilan Investitsiyalar bo‘yicha qo‘mitaga “O‘zbekenergo” AJ va Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2019-yildan boshlab:

Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyatida quvvati 100 mVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tajriba loyihasini tanlov asosida amalga oshirish;

Xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda mamlakatning issiqlik elektr stansiyalaridan birida bug‘-gaz qurilmasini qurish, shuningdek, Andijon, Namangan, Farg‘ona shaharlaridagi elektr energiyasi tarqatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish tajriba loyihasini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish;

Xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda “Toshkent shahridagi tarqatish tarmoqlarini uzoq muddatli ijaraga berish” loyihasi texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy parametrlarini ishlab chiqishni boshlashni ta’minlash topshirildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekistonda “MEI” Milliy tadqiqot universiteti” (Rossiya Federatsiyasi) federal davlat budjet oliy ta’lim muassasasi filialini tashkil qilish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish yuklandi.

Vazirlar Mahkamasiga:

Energetika tarmog‘iga yuqori malakali menejerlarni yollash uchun kadrlarni tanlash bilan professional asosda shug‘ullanadigan tashkilotlarni jalb qilish choralarini ko‘rish;

Bosh prokuratura bilan birgalikda bir oy muddatda muqobil elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilarini yagona energetika tizimiga ulash tartibini takomilashtirish va loyihalarni davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish topshirildi.

Elektr energetikasi tarmog‘ini isloh qilish bo‘yicha komissiyaga Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon banki guruhi bilan birgalikda:

Ishlab chiqarish quvvatlarini 2030-yilgacha 20 ming megavattga yetkazgan holda ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish bo‘yicha uzoq muddatli investitsiyaviy dasturni 2019-yil 1-mayga qadar ishlab chiqish;

2019-yil 1-martga qadar elektr energiyasini uzatishda davlatning to‘liq nazoratini saqlab qolgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish va taqsimlash (sotish) korxonalariga xususiy hamda xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni, jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida keng jalb qilishni, shuningdek, ishlab chiqaruvchi korxonalardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlov asosida elektr energiyasini sotib olishning ulgurji bozorini bosqichma-bosqich tashkil etishni nazarda tutgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotishni tashkil etishning zamonaviy sxemasini ishlab chiqish;

Vazirlar Mahkamasi huzurida idoralararo tarif komissiyasini tashkil etishni nazarda tutgan holda, 2019-yil 1-aprelga qadar elektr energetikasi tarmog‘iga xususiy sektorni jalb qilishni rag‘batlantiruvchi,elektr energiyasining joriy va kapital xarajatlarini qoplashga asoslangan elektr energiyasi tariflarini hisoblash metodologiyasini tayyorlash va tasdiqlash;

2019-yilda elektr energetikasi tarmog‘i korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy shakllari va usullarini, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etishni ta’minlash, shuningdek, tarmoq korxonalarining korporativ obligatsiyalarini chiqarish va xalqaro bozorlarga joylashtirish;

2018-yil 1-dekabrga qadar elektr energetikasi tarmog‘ida davlat-xususiy sheriklikning normativ-huquqiy bazasi, tartib-taomillari va reglamentini ishlab chiqish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash;

Mavjud resurs bazasi, zamonaviy texnologik tendensiyalar va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni inobatga olgan holda, elektr energetikasi tarmog‘ida salohiyatli investorlar bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik asosida yangi investitsiyaviy loyihalarni ishlab chiqish vazifasi yuklandi.

“O‘zbekenergo” AJga Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelga qadar elektr energiyasi, shu jumladan, muqobil elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’ektlarini yagona energetika tizimiga ulash reglamentini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2018, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют