» » Toshkentda qurg‘oqchilik haqida oldindan ogohlantirish tizimini takomillashtirish mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Toshkentda qurg‘oqchilik haqida oldindan ogohlantirish tizimini takomillashtirish mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi


2018-yilning 23-oktabr kuni “Poytaxt” biznes markazida BMTTD/AF va Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmatining “O‘zbekistonning qurg‘oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan “Qurg‘oqchilik haqida oldindan ogohlantirish tizimini takomillashtirish: imkoniyatlar va amalda qo‘llashning istiqbollari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi “Daryo”ga ma’lum qildi.

So‘nggi ikki yil mobaynida O‘zbekiston bir necha ekstremal qurg‘oqchilikni boshidan kechirdi, natijada hosilning 50 dan 70 foizgachasi yo‘qotildi. 2000—2001-yillardagi og‘ir qurg‘oqchilik davrida g‘alla mahsulotini ishlab chiqarish 14 foizga, boshqa ekinlar hosili esa 45—75 foizgacha pasaydi. Yetkazilgan zarar taxminan 130 million AQSh dollari miqdorida baholangan. Iqlim o‘zgarishlarini ssenariysini bashoratiga ko‘ra, O‘zbekistonda qurg‘oqchilikni qaytarilish tezligi va uning jadalligi sur’ati bundan buyon ham oshib boraveradi.

2017-yilda loyihaning faoliyati davomida ilgari axborotni qo‘lda yig‘ish sharoitida ishlagan Qoraqalpog‘istonning barcha meteorologik tarmoqlari avtomatlashtirildi. Seminar tashkilotchilarining qayd etishicha, bu oldindan ogohlantirish tizimlarini takomillashtirish va ekstremal gidrometeorologik holatlar oqibatlariga tayyorgarlikni ta’minlash imkonini berdi.

Qurg‘oqchilik haqida oldindan ogohlantirish tizimi O‘zbekistonning suvni tabiiy oqimini shakllanish hududi bo‘lgan tog‘ daryolarining yuqori qismi, hamda turli ehtiyojlar, avvalambor, qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun suvdan qizg‘in foydalanadigan mintaqa bo‘lmish Amudaryoning quyi qismida suv resurslarining mavjud hajmini bashoratlash imkonini beradi. Amudaryoning quyi qismidagi suvning oz-ko‘pligi miqdorini bashoratlash turli muddatlarda — yanvar, fevral va may oylarida amalga oshiriladi.

“Qurg‘oqchilik haqida oldindan ogohlantirish tizimini roli shundan iboratki, avvalambor, suv taqchilligi va qurg‘oqchilik yuzaga kelishi mumkinligi haqida Qoraqalpog‘istonning nafaqat mutasaddi vazirlik va idoralarini, balki qishloq uy xo‘jaligi va fermerlar kabi iste’molchilarga ham suvning oz-ko‘pligi borasidagi uzoq muddatli bashoratlarni yetkazishdan iboratdir. Buning uchun mahalliy hamjamiyatlar vakillarini ommaviy axborot vositalari, Qoraqalpog‘istonda tashkil etilgan maslahat-axborot markazlari va FVV huzuridagi Gidrometeorologiya xizmatining qurg‘oqchilikni monitoring qilish markazi orqali Amudaryoning quyi qismida suvning oz-ko‘pligi miqdori borasidagi bashoratlardan xabardor bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirish zarur”, — dedi o‘z taqdimotida FVV huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati huzuridagi gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy xodimi Aleksandr Pak.

Seminar ishtirokchilari orasida — soha vazirliklari, idoralari, Nodavlat notijorat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, hamda O‘zbekiston Ekologik harakati, “Sirdaryo” havzasi suv xo‘jaligi tashkiloti, Fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakillari va boshqalar bor.

O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi qurg‘oqchilik xatariga eng ko‘p duchor bo‘lgan hudud — Qoraqalpog‘istonning fermer xo‘jaliklari barqarorligini ta’minlashga ko‘mak berib kelmoqda. Loyiha FVV huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda va iqlim o‘zgarishi haqidagi BMTning doiraviy konvensiyasi Adaptatsion fondi tomonidan moliyalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2018, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют