» » Namanganda 7 nafar fermerga qo‘llanilgan noqonuniy qarorlar bekor qilindi

Namanganda 7 nafar fermerga qo‘llanilgan noqonuniy qarorlar bekor qilindi


Namangan tuman adliya bo‘limi tomonidan Namangan tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi faoliyatini o‘rganish davomida bir qator kamchiliklar aniqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xususan, bo‘lim ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lmasa-da, 7 nafar fermer xo‘jaligi rahbariga nisbatan noqonuniy qarorlar qabul qilgan. Aslida huquqbuzarliklarga oid ishlarni ko‘rib chiqish sudning vakolatiga taalluqli.

Masalan, davlat yer kadastri qoidalarini buzgan deb Namangan tumanidagi “Saxovat kumush tolasi” fermer xo‘jaligi rahbari Q.Qo‘chqorovaga nisbatan 516 720 so‘m ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Vaholanki, tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Shunga ko‘ra, Namangan tuman adliya bo‘limi tomonidan yuqoridagi noqonuniy qarorlarni bekor qilish yuzasidan tuman ma’muriy sudiga ariza kiritildi hamda Namangan tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limining 7 ta noqonuniy qarori bekor qilindi.

Shuningdek, fermer xo‘jaligi rahbarlariga belgilangan jarimalarni majburiy tartibda undirishga oid ijro hujjatlari ham bekor qilinib, ular jarima to‘lashdan ozod etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2018, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют