» » Amerikalik ayolning iPhone 7 Plus smartfoni portlab ketdi (video)

Amerikalik ayolning iPhone 7 Plus smartfoni portlab ketdi (video)


AQShning Arizona shtatida yashovchi Brianna Olivas ismli ayol o‘zining iPhone 7 Plus smartfoni portlab ketganini ma’lum qildi, deb yozadi Meduza. U Twitter’ga joylagan videoda tutab turgan iPhone’ning korpusi erib ketganini ko‘rish mumkin.

“iPhone 7 Plus telefonim bugun ertalab portlab ketdi. Men undan o‘sha vaqtda hatto foydalanmayotgan ham edim, buning hech qanday sababi yo‘q”, — deb yozdi u.

Olivasning so‘zlariga ko‘ra, bir kun avval iPhone yonmay qolgan edi. Apple ko‘mak xizmatidagilar smartfonni sinovdan o‘tkazib ko‘rib, hammasi joyida ekanligini aytgan; shundan so‘ng u bir qancha vaqt yaxshi ishlagan.

Olivas hodisa sabablarini aniqlash uchun smartfonni Apple’ga topshirdi.

The Guardian yozishicha, bungacha iPhone 7’ning portlashi bilan bog‘liq kamida bitta holat haqida ma’lum edi — bu o‘tgan yilning oktabr oyida Avstraliyada kuzatilgandi.

So my IPhone 7 plus blew up this morning ? was not even using it, literally no explanation for this pic.twitter.com/sQ8CJt4Y69

— Bree? (@briannaolivas_) February 23, 2017

Опубликовано: admin (25-02-2017, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют