» » Turkiya Bosh shtabi “Frot qalqoni” operatsiyasi maqsadlariga erishilganini ma’lum qildi

Turkiya Bosh shtabi “Frot qalqoni” operatsiyasi maqsadlariga erishilganini ma’lum qildi


Turkiya qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i general Xulusi Akar Suriya shimolida “Frot qalqoni” operatsiyasi doirasida qo‘yilgan maqsadlarga erishilgani haqida ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.

“El-Bab ustidan nazorat o‘rnatilgach, biz mintaqadagi muhitni normallashtirishga va mahalliy aholining o‘z uylariga qaytishini tezlashtirishga harakat qilamiz”, — dedi harbiy xizmatchi.

General Akar Suriya shimoliga joylashtirilgan harbiy qismlarni nazoratdan o‘tkazdi. U mintaqa IShID terrorchilik tashkiloti jangarilaridan ozod etilganini ta’kidladi va operatsiya “xalqaro me’yorlar bilan tartibga solinmagan harbiy nizo sharoitlarida o‘tkazilgani”ni aytdi.

El-Babning qo‘lga olingani haqida Turkiya Bosh shtabi boshlig‘i 16-fevralda e’lon qilgan edi. Bir haftadan so‘ng Suriyaning muxolifat qurolli qismlari shaharning IShIDdan to‘liq ozod etilganini xabar qildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (25-02-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют