» » O‘zbekistonda 2030-yilgacha qashshoqlik tugatiladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha qashshoqlik tugatiladi


2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qaror bilan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar tasdiqlandi hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi.

Mazkur Kengash Milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul vazirlik hamda idoralarning samarali ishlarini tashkil etadi, shuningdek, ushbu maqsad va vazifalarning tarmoq, mintaqa va maqsadli rivojlantirish dasturlari, strategiyalar va konsepsiyalarga kiritilishini ta’minlaydi.Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi vazifasini Iqtisodiyot vazirligi bajaradi.

Qaror bilan tasdiqlangan Milliy maqsad va vazifalar o‘zida 2030-yilgacha barqaror rivojlanish sohasida jami 17 ta maqsad va ular doirasida amalga oshiriladigan vazifalarni qamrab olgan. Jumladan, amalga oshiriladigan tadbirlar natijasida 2030-yilgacha O‘zbekistonda o‘ta qashshoqlikni tugatish, kam ta’minlangan aholi sonini hozirgiga nisbatan ikki baravarga kamaytirish rejalashtirilgan.

Sog‘lom turmush tarzini ta’minlash maqsadida esa aholi o‘rtasida yurak-tomir, onkologik, qandli diabet va surunkali respirator kasalliklar tufayli bevaqt o‘limlar sonini 30 foizga qisqartirish, shuningdek 2025-yilgacha yo‘l-transport hodisalari sonini ikki baravarga qisqartirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, umumqamrovli va sifatli ta’limni ta’minlash hamda barchaga butun umri davomida ta’lim olish imkoniyatini rag‘batlantirish maqsadi bo‘yicha 2030-yilgacha o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida xalqaro hamkorlik qilish orqali o‘qituvchilar sonini jiddiy ravishda ko‘paytirish mo‘ljallangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2018, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют