» » Siu hindulari sud orqali Shimoliy Dakotadagi neft quvuri qurilishini to‘xtatishga urinmoqda

Siu hindulari sud orqali Shimoliy Dakotadagi neft quvuri qurilishini to‘xtatishga urinmoqda


AQShning Shimoliy Dakota shtatidagi Shayen-River rezervatsiyasida yashovchi siu hindulari vakillari federal sudga murojaat qilib, Dakota Access Pipeline neft quvurining Missuri daryosi tagidan o‘tadigan so‘nggi qismi qurilishini taqiqlashni talab qildi, deb yozadi “TASS”.

Taqdim etilgan hujjatlarda ular neft quvuri yotqizilishi natijasida hindular rezervatsiyasi uchun ichimlik suvi manbasi ifloslanishi xavfi yuzaga kelishini, shuningdek, neft quvurining qurilishi ularning diniy huquqlarini cheklashini, chunki marosimlar uchun ularga toza suv zarurligini ro‘kach qiladi.

Avvalroq xuddi shunday talablarni Standing Rock rezervatsiyasidagi hindular ham ilgari surgan, ammo fevral o‘rtasida federal okrug sudyasi hindular vakillarining qurilishni vaqtinchalik taqiqlash haqidagi so‘rovini sud ular taqdim etgan dalillarning barchasini ko‘rib chiqquniga qadar rad etgan edi.

Bu paytda esa neft quvurini qurayotgan Energy Transfer Partners kompaniyasi  quvurning so‘nggi uchastkasidagi tayyorgarlik ishlari yakunlanganini e’lon qildi va quvurlarni Missuri daryosi tubiga yotqizishni boshlashga tayyorlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida AQSh prezidenti Donald Tramp hindularning yerlari orqali neft quvuri qurilishiga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi. Vaqtinchalik taqiq 2016-yil dekabridan buyon amal qilib kelgan edi. Uni Barak Obama ma’muriyati mamlakat tub aholisi vakillarining uzoq davom etgan norozilik namoyishlari fonida kiritgan edi.

Опубликовано: admin (25-02-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют