» » Skoda yangi Scala xetchbeki tafsilotlarini oshkor qildi

Skoda yangi Scala xetchbeki tafsilotlarini oshkor qildi


Skoda kompaniyasi yangi Scala xetchbekining namunasini yo‘lda sinashga chiqardi. Xetchbek 2019-yilning birinchi yarmida bozorga chiqadi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

Scala’ning uzunligi 4362 millimetrni, eni 1793 millimetrni, balandligi esa 1471 millimetrni tashkil qiladi. Xetchbek yukxonasining hajmi 461—1410 litrga teng.

Skoda Scala benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan. Shuningdek, metanda harakatlanuvchi dvigatel ham ko‘zda tutilgan. 95 ot kuchiga ega dvigatel beshta darajali mexanik tezlik uzatish qutisida ishlaydi, 115 ot kuchiga ega dvigatel esa olti darajali mexanik yoki yetti darajali robot tezlik uzatish qutisiga moslashtirilgan. Metanda ishlovchi 90 ot kuchiga ega talqin esa faqat olti darajali mexanik tezlik uzatish qutisi bilan taklif qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2018, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют