» » YChL. “Monako” yana yuta olmadi, “Tottenhem” esa g‘alabani qo‘ldan chiqardi (video)

YChL. “Monako” yana yuta olmadi, “Tottenhem” esa g‘alabani qo‘ldan chiqardi (video)


Bugun, 24-oktabr sanasida Yevropa Chempionlar Ligasi 3-tur o‘yinlari yakuniga yetadi. Biroz oldin 2 ta guruhda bittadan uchrashuv yakunlandi.

“A” guruhidan o‘rin olgan “Bryugge”—“Monako” uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etildi. Hisobni 31-daqiqada Silla “Monako”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 8 daqiqada o‘tib Uesli hisobni tenglashtirdi. Mazkur hisob o‘yin so‘ngiga qadar o‘zgarmay qoldi.

“B” guruhidan chiqish uchun kurashayotgan “Tottenhem” safarda PSV Eyndxoven jamoasi mehmoni bo‘lib 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Mezbonlar safida Irvin Losano hamda Lyuk de Yong gol kiritgan bo‘lsa, “shporlar” safidagi gollarga Lukas Moura hamda Harri Keyn mualliflik qildi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

3-tur bellashuvlari

“A” guruhi

Gollar: 0:1 – 31 Silla, 1:1 – 39 Uesli.

“B” guruhi

Gollar: 1:0 – 29 Losano, 1:1 – 39 Lukas Moura, 1:2 – 54 Keyn, 2:2 – 87 de Yong.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2018, 00:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют