» » O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlarga yana bir necha faoliyat turlari bilan shug‘ullanish man etildi

O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlarga yana bir necha faoliyat turlari bilan shug‘ullanish man etildi


O‘zbekistonda 2019-yil 1-yanvardan xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati kuchga kiradi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Foto: Sputnik

Mazkur hujjatga muvofiq, ular tomonidan qurilish materiallari, sement, shifer, yog‘och va yog‘och mahsulotlari sotilishiga taqiq joriy etilmoqda. Bunda alkogolli va tamaki mahsulotlari, neft mahsulotlarining barcha turlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qo‘llanilgan buyumlar, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar, yangi import avtomobillar va farmatsevtika tovarlarini sotishga hozir amalda bo‘lgan cheklovlar saqlanib qoladi.

Tovarlarni import qilish va keyinchalik ularni sotish sharti qo‘yildi — olib kirilayotgan tovarlarning narxi bir oyda 5000 AQSh dollari ekvivalentidan oshishi mumkin emas.

Quyidagilar ro‘yxatdan chiqarib tashlandi (ular 2019-yil 1-yanvardan xususiy tadbirkor sifatida faoliyat amalga oshira olmaydi):

Alyuminiy (plastik) profildan eshik, deraza va boshqa buyumlar tayyorlash;

Avtotransport vositalarini yuvish, salonni tozalash va shunga o‘xshash boshqa xizmatlar;

Pishloqdan mahsulotlar tayyorlash va sotish;

Vitraj ishlari (shisha, smalta va boshqa materiallardan tayyorlangan vitrajlar).

Davlat xizmatlari markazlari ro‘yxatdan chiqarilayotgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanayotgan YaTTga boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga qayta ro‘yxatdan o‘tishda — yuridik shaxs tashkil etishda ko‘maklashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2018, 08:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют