» » Toshkent davlat texnika universitetida Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat texnika universitetida Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi


Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida “O‘zbekistonda ta’lim, fan va madaniyatning modernizatsiyasini ta’minlashda Islom Karimovning roli” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi akademiklari va muxbir a’zolari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Islom Karimovning serqirra faoliyati, O‘zbekiston Respublikasini mustaqil va demokratik davlatga aylantirishdagi buyuk tarixiy xizmatlari, mamlakatda ta’lim, fan va madaniyatni rivojlantirishda amalga oshirgan beqiyos ishlari samaralariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Ularda buyuk davlat arbobi rahnamoligida mamlakatda ta’lim tizimi tubdan isloh etilib, ertangi kunning munosib davomchilari bo‘lgan barkamol avlodni voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilgani, qabul qilingan sohaga oid qonunlar, farmonlar, davlat dasturlariga binoan ta’lim muassasalari yangidan qurilgani, ta’mirlangani, eng zamonaviy o‘quv anjomlari bilan ta’minlangani qayd etildi.

Anjumanda Islom Karimovning ijtimoiy-siyosiy mavzularda yaratgan asarlarini o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Konferensiyada yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini yuqori darajaga ko‘tarish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash masalalariga e’tibor qaratildi. Oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalari iqtisodiyotning tegishli sohalariga tatbiq qilinishiga erishish, kadrlar tayyorlash tizimida ilm-fanning uzviyligini qaror toptirish, yangi zamonaviy ilmiy laboratoriyalar faoliyatini yuqori saviyada tashkil etish va ulardan unumli foydalanish bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari oldida turgan eng muhim vazifalardan ekanligiga urg‘u berildi.

Tadbir doirasida Islom Karimovning mazkur oliy ta’lim muassasasidagi talabalik yillari haqida hikoya qiluvchi ko‘rgazma tashkil etildi.

Опубликовано: admin (25-02-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют