» » Farg‘onada yana bitta sement zavod ishga tushadi

Farg‘onada yana bitta sement zavod ishga tushadi


Farg‘ona viloyatida qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar soni yana bittaga ko‘paymoqda. O‘zbekiston tumanida loyiha qiymati 153 million dollardan ziyod bo‘lgan yangi sement zavodining qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ushbu investitsion loyihani amalga oshirish uchun aynan O‘zbekiston tumanidagi “Sho‘rsuv” shaharchasi tanlangani bejizga emas. Bu yerda ulkan xomashyo zaxirasiga ega sement, ohaktosh va tuproq (glina) konlari mavjud.

“Jo‘ydam ta’mir qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati va Xitoyning yirik sement ishlab chiqaruvchi “Beijing Triumph International Engineering Co. Ltd” kompaniyasi hamkorligida “Qo‘qon yevro qurilish materiali” qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Mazkur qo‘shma korxonaning loyihasi asosida yiliga 1 million tonna sement va 33 million kvadrat metr gipsakarton ishlab chiqariladi, mingdan ziyod mahalliy aholi doimiy ish ta’minlanadi. Loyiha to‘liq amalga oshsa, byudjetga qo‘shimcha yillik 97 milliard so‘m daromad tushishi ko‘z tutilmoqda.

– Kelgusida uy-joy va yo‘l qurilishi sohasida ko‘plab loyihalarni amalga oshirmoqchimiz, – deydi kompaniya bosh direktori Ma Min Lyan.

– Buning uchun yurtingizda katta imkoniyatlar bor. Biz bugungi kunda boshqa hududlarda ham bir qator investitsion loyihalarni bajarishga kirishdik. Ikki yil ichida amalga oshiriladigan mazkur loyiha nafaqat, ichki bozorni sifatli sement va gipsakarton bilan to‘ldirish, balki eksport qilish hajmini oshirishi bilan ham ahamiyatlidir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2018, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют