» » Toshkentda “Xitoy madaniyati va san’ati kunlari” festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda “Xitoy madaniyati va san’ati kunlari” festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston davlat san’at muzeyida mamlakatning Xitoy Xalq Respublikasi bilan diplomatik aloqalar o‘rnatganining yigirma besh yilligiga bag‘ishlangan “Xitoy madaniyati va san’ati kunlari” festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.

Mazkur festival O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Toshkentdagi Konfutsiy instituti hamkorligida tashkil etildi.

Festivalda “Xitoy madaniy merosi”, “Tabiat manzaralari” hamda “Yangi yil bayrami” mavzulari asosida hunarmandchilik namunalari, grafika va rangtasvir asarlari, fotosuratlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tomoshabinlar Xitoy xalqining an’analari, urf-odatlari va boy madaniy merosi sanalgan me’moriy, tarixiy yodgorliklar bilan tanishdi.

Tadbirda har ikki mamlakatning milliy urf-odatlarini ifodalovchi, do‘stlik rishtalarini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Festival doirasida Xitoy xattotlik san’ati va qog‘oz bo‘laklarini qirqish orqali turli-tuman bayram ashyolarini yasash bo‘yicha mahorat darslari tashkil etiladi, “Xitoy bo‘ylab sayohat: bayramlar” nomli hujjatli film namoyish qilinadi.

Опубликовано: admin (25-02-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют