» » O‘zbekistonda ichki bozorni kontrafakt mahsulotlardan himoya qilish maqsadida mobil qurilmalar IMEI-kodlari asosida ro‘yxatga olinadi

O‘zbekistonda ichki bozorni kontrafakt mahsulotlardan himoya qilish maqsadida mobil qurilmalar IMEI-kodlari asosida ro‘yxatga olinadi


O‘zbekistonda mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari (IMEI) asosida ro‘yxatga olish bo‘yicha tizim joriy qilinadi. Bu O‘zbekiston hukumatining mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida nazarda tutilgan.

Qayd etishlaricha, mazkur tizim mobil qurilmalardagi o‘ziga xos identifikatsiya kodlari to‘g‘riligini tekshirish orqali ularning mulkdorlari (egalari) huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash, mobil qurilmalardan ularning egalarini ogohlantirmasdan noqonuniy va ruxsatsiz foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, ichki bozorni kontrafakt mahsulotlardan himoya qilish hamda sog‘lom raqobat muhitini yuzaga keltirish imkonini beradi.

Mobil qurilmalarning identifikatsiya kodlarini ro‘yxatga olish va qo‘llash, ushbu yo‘nalishda normativ-huquqiy bazani yaratish va takomillashtirishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakolatli organ, “UZINFOCOM davlat axborot xizmatlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” kompaniyasi esa tizim operatori etib belgilandi.

Qaror bilan 2019-yil 1-aprelgacha:

Bundan tashqari, tizim operatoriga mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar yoki ularning rasmiy dilerlari bilan shartnomalar tuzishga va keyinchalik ularni Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi DUKda ekspertizadan o‘tkazishga ruxsat berildi.

Shuningdek, tizim operatoriga uni tashkil etish va joriy etish doirasida olib kiriladigan uskuna, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar, dasturiy ta’minot mahsulotlari, vosita va moslamalar, kompyuter hamda server texnikasi uchun bojxona to‘lovlarini bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab 36 oygacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berildi.

IMEI (International Mobile Equipment Identity — mobil uskunaning xalqaro identifikatori) — odatda 15 raqamdan iborat unikal son bo‘lib, qurilmaning o‘zida (*06# ni terish orqali ekranda ham ko‘rsa bo‘ladi), batareyasi ostida, qutisida va kafolat talonida aks etgan bo‘ladi. IMEI-kodlar GSM, WCDMA va IDEN telefon tarmoqlarida ishlovchi uyali telefonlarda, planshetlarda va ba’zi sun’iy yo‘ldosh telefonlarida qo‘llaniladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2018, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют