» » Endi yangi qurilayotgan uylarni 1 so‘m evaziga sotib olgan fuqaroga ham Toshkent propiskasi beriladi

Endi yangi qurilayotgan uylarni 1 so‘m evaziga sotib olgan fuqaroga ham Toshkent propiskasi beriladi


Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Nizom bilan fuqarolarini Qoraqalpog‘iston Respublikasida va viloyatlarda (Toshkent viloyatidan tashqari) doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi belgilandi (Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha alohida qaror mavjud).

Nizomga muvofiq fuqaro viloyatlarda doimiy propiskaga ega bo‘lish uchun tuman (shahar) Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

Bunda turar joy mulkdori o‘z oila a’zolarini va boshqa shaxslarni propiskadan o‘tkazish huquqiga ega.

Harbiy xizmatga majbur shaxslarni propika qilish ular mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda harbiy hisobga qo‘yilganlaridan keyin amalga oshiriladi. 16 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar harbiy hisobga qo‘yilishlari kerak.

Hujjatlar uch ish kuni mobaynida tekshiriladi hamda fuqaroga belgilangan tartibda doimiy propiska rasmiylashtiradi.

Fuqaroni viloyatda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish esa uni doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan besh kundan bir yil muddatga amalga oshiriladi.

Viloyatlarga besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatga kelgan fuqarolar hisobga olinmaydi.

Shuningdek, fuqaro viloyatda hisobga turish uchun kelgan kunidan boshlab besh kun muddatda o‘zi vaqtincha turgan joydagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

Hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin o‘sha kunning o‘zida ariza beruvchiga turgan joyida hisobga olish to‘g‘risida fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatga qayd varag‘ini yoki BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘ini (2019-yil 1-apreldan boshlab) beradi.

Shuningdek, “Norma”ning yozishicha, endilikda yangi qurilayotgan uylardan hatto 1 so‘m evaziga xonadon sotib olganlarga ham poytaxt propiskasi beriladi.

“Endilikda oldi-sotdidagi summa bo‘yicha cheklov olib tashlandi. Oldi-sotdi bahosi hatto bir so‘mga ham teng bo‘lishi mumkin. Chet el fuqarolari esa Toshkentda doimiy propiskaga ega bo‘lish uchun eng kam oylik ish haqining 3 300 baravari miqdorida (608 million 190 ming so‘m) davlat boji to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Shunday qilib, chet el fuqarolari va boshqa viloyatlarda ro‘yxatda turuvchi fuqaroligi yo‘q shaxslar uchun “propiska bahosi” oshdi.

2017-yilning iyul-avgust oylaridan boshlab joriy etilgan tartibga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari va respublikada yashayotgan chet el fuqarolari yangi qurilayotgan uylardan xonadon sotib olsa ularga Toshkent viloyati va Toshkent shahrida doimiy propiska taqdim etilayotgan edi. Buning uchun esa uy oldi-sotdisi summasi aniq belgilab, chegaralab qo‘yilgan edi:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2018, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют