» » Al-Bobdagi terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi

Al-Bobdagi terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi


Suriyaning Al-Bob shahri yaqinida 24-fevral kuni sodir etilgan va 60 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan terrorchilik harakati uchun javobgarlik IShID o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Avval xabar berilganidek, Al-Bobdan sakkiz kilometr masofada joylashgan “Suriya ozodlik armiyasi” va turkiyalik harbiylarga tegishli nazorat-o‘tkazish punktida bomba o‘rnatilgan avtomobil portlagan, oqibatda 60 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar tan jarohati olgan.

AFP’ning “Suriya ozodlik armiyasi”ga asoslanib xabar berishicha, IShIDning xudkush-terrorchisi turkiyalik askarlar yig‘ilib turgan joyga mashinada kirib kelgan.

Keyinroq ikkinchi portlash yuz bergan va buning oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan edi. Ulardan ikki nafari turkiyalik harbiy xizmatchi ekani aytilmoqda.

Avvalroq Turkiya Bosh shtabi “Frot qalqoni” operatsiyasi doirasida Al-Bobning barcha dahalari terrorchilaridan tozalangani haqida ma’lum qilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-02-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 34) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют