» » Yevroparlament bir martalik plastik buyumlarga taqiqni qo’llab-quvvatladi

Yevroparlament bir martalik plastik buyumlarga taqiqni qo’llab-quvvatladi


Yevroparlament ko‘pchilik ovoz bilan bir martalik plastik mahsulotlarga taqiq kiritishni qo‘llab-quvvatladi. Tegishli qaror 24-oktabrda qabul qilindi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Taqiq ostiga bir martalik plastik mahsulotlar, xususan, plastik naychalar, quloq tozalagichlar, taqsimchalar tushadi.

Bir martalik plastiklardan foydalanishni qisqartirish taklifi bilan joriy yilning may oyida Yevrokomissiya chiqqan. Bundan tashqari, Yevrokomissiya ovqat uchun plastik konteynerlar va stakanlarni qisqartirishni ham taklif qilmoqda.

Qonun qabul qilingan taqdirda mazkur mahsulotlarning ishlab chiqaruvchilari ekologiyaga yetkazilgan zararni qoplashga majbur bo‘lishi mumkin. Iste’molchilar esa nam salfetkalar, sigaret filtrlari, plastik qadoqlar va polietilen paketlar atrof-muhitga qanday ta‘sir qilishi mumkinligi haqida ogohlantiriladi.

Endi Yevrokomissiya Ittifoqning a’zo mamlakatlari bilan taqiqni joriy qilish yuzasidan muzokaralar boshlashi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2018, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют