» » 12 yoshli Jonibekning shifo topishiga hissa qo‘shaylik!

12 yoshli Jonibekning shifo topishiga hissa qo‘shaylik!


“Daryo” tahririyatiga Samarqand viloyati Ishtixon tumanidan bo‘lgan Lutfiya Rabbimova murojaat qilib, 2006-yil 9-oktabrda tavallud topgan o‘g‘li Jonibek O‘ktamov 9 oydan ortiqroq vaqtdan buyon o‘tkir miyeloblast leykozdan aziyat chekayotgani, moddiy imkoniyati juda cheklangani sababli o‘z vaqtida davolanish kurslari uchun mablag‘ topishda qiynalayotganini bildirdi.

Lutfiya Rabbimovaning ayni vaqtda 12, 10, va 6 yoshli farzandi bor. Turmush o‘rtog‘i poytaxtda ishlaydi. Topgani ro‘zg‘or va ijara to‘lovidan ortmaydi. Uning to‘ng‘ich farzandi Jonibekda oqqon kasalligi alomatlari 2018-yil yanvar oyida yuzaga chiqa boshlagan.

Dastavval Samarqand viloyatidagi Gematologiya markazida davolanib, tekshiruvlardan o‘tdi, shu yerda o‘tkir miyelimfoblast leykoz tashxisi qo‘yildi.

2018-yil 1-fevralida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markaziga navbatdagi tashrifida Respublika gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot markaziga yuborishgan. U yerda ham “o‘tkir miyelimfoblast leykoz” tashxisi o‘z tasdig‘ini topgan.

Kelganida axvoli ogir bulgan. Kup marta kon, bir nechta anbizol va boshka kuchli antibotiklar olgan. Xozirda Jonibekni axvoli ijobiy uzgarishlar bor. Davolanishni tuxtatmalik zarur.U xozirda kushimcha kullab kuvvatlovini 4 kurs davolanish muolajalarini olyapti.

Hozirda bitta kursga 5 million so‘mga yaqin mablag‘ talab etilyapti. Qo‘llab-quvvatlovi 2 yil davom etadi va bunda 9 ta kurs bor. Bir kursi ikki oyni tashkil qiladi.

Onasining aytishicha, dastlabki asosiy davolanish kurslari uchun 10 ming AQSh dollaridan ortiq mablag‘ sarflangan.

Bu mablag‘larning ko‘pini yaqinlaridan, tanishlaridan qarz olishga majbur bo‘lishgan. Tanishlaridan olingan qarzdorlik miqdori 6 ming AQSh dollarini tashkil qiladi.

“Dorilari juda qimmat. Ijara haqqini o‘z vaqtida to‘lay olmayapmiz. Mablag‘ yetishmasligi o‘g‘limning kurslarini o‘z vaqtida davom ettirishga tusqinlik qilmokda. Qarzlarimizni ham tez orada to‘lashimiz zarur. Juda qiyin vaziyatda qoldik. Oilamiz nochor ahvolda”, — deydi Lutfiya Rabbimova.

Saxovatpesha insonlardan Jonibekning sog‘ayib ketishiga imkon qadar hissa qo‘shishni so‘raymiz!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali (Click, Payme)

Rabbimova Lutfiya

Agrobank: 8600-0417-8195-1943

Xorijdan bankdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun pasport ma’lumotlari:

Rabbimova Lutfiya Xusanovna

Pasport raqami: AA 8550191

Onasining telefon raqami:

+998909734981

Otasi Umarbek Atamurodovning telefon raqami: +998909091148



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2018, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют