» » O‘zbekistonda notarial idoralari xodimlari soni keskin oshirildi

O‘zbekistonda notarial idoralari xodimlari soni keskin oshirildi


Aholining notarial xizmatlarga ehtiyojining oshganligi notarial idoralarda navbatlarning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu muammoni yechish maqsadida Adliya vazirligi respublika bo‘yicha notarial idoralar xodimlari sonini 665 nafarga ko‘paytirdi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Jumladan, Adliya vazirining buyrug‘i bilan qo‘shimcha 146 ta notarius (ko‘payish – 20 foiz), 383 ta notarius yordamchisi (ko‘payish – 74 foiz) va 137 ta notarius kotibi (ko‘payish –15 foiz) shtat birliklari ta’sis etildi. Shuningdek, 69 ta yangi davlat notarial idorasi ochilishi ko‘zda tutilmoqda.

Mazkur qo‘shimcha shtatlarni sezilarli ravishda oshirishga vazirlik tashabbusi asosida Hukumat qarori bilan belgilangan notarial idoralarida xodimlar sonini belgilash mezonlari maqbullashtirilgandan keyin imkon yaratildi.

Yangi ta’sis etilgan notarius lavozimlariga tanlov o‘tkazish haqidagi e’lonlar “Inson va qonun” gazetasi, Adliya vazirligining rasmiy sayti va “Huquqiy axborot” Telegram kanali orqali berib boriladi.

Mazkur tanlovlarda 25 yoshga to‘lgan, oliy yuridik ma’lumotga ega, yuridik mutaxassislik bo‘yicha uch yillik ish stajiga ega, notarial idorada 1 yil stajirovka o‘tagan va malaka imtihonini topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qatnashishi mumkin.

2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, sudya lavozimida besh yil yoki notarius yordamchisi lavozimida uch yil ishlagan shaxslarga notarial idorada stajirovka o‘tash talab qilinmaydi.

Yuqoridagi talablarga javob beradigan barcha oliy ma’lumotli huquqshunoslar notarius lavozimlari uchun bo‘ladigan tanlovlarda ishtirok etishga taklif etiladi. Bugungi kunda notariuslar oylik lavozim maoshlari (barcha ustamalar va pullik xizmatlardan kelib tushadigan daromadlar bilan hisoblaganda, soliqlar to‘langandan so‘ng) 4 million so‘mni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatgich Toshkent shahrida 6 million so‘mni, Samarqand viloyatida 4 million so‘mni, Farg‘ona viloyatida 4,5 million so‘mni tashkil etmoqda. Ushbu maosh miqdori notarial idora tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmida kelib chiqib yanada ko‘proq bo‘lishi ham mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2018, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют