» » Floridada noma’lum shaxslar masjidga o‘t qo‘ydi

Floridada noma’lum shaxslar masjidga o‘t qo‘ydi


Florida shtatining Tampa shahri chekkasida joylashgan musulmonlar markazi huzuridagi masjidga noma’lum shaxslar tomonidan o‘t qo‘yildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Hodisa tafsilotlarini o‘rganib chiqqan mutaxassislar yong‘in tasodifan ro‘y bermaganini qayd etgan. Taxminlarga ko‘ra, noma’lum shaxslar o‘t qo‘yish uchun masjid eshigini buzib kirgan.

Yong‘in boshlangan vaqtda bino ichida hech kim bo‘lmagan. Olov inshootning ichki qismiga biroz putur yetkazgan, biroq avtomatik o‘t o‘chirish tizimi o‘z vaqtida ishlab ketgani sabab, jiddiy zarar ko‘rilmagan.

Hodisa sabab Tampa meri Bob Bakxorn matbuot anjumani o‘tkazdi. Uning qayd etishicha, yong‘in musulmonlarga nisbatan g‘arazgo‘ylik bilan qasddan uyushtirilgan. Bakxorn aybdorlar topilib, jazolanishiga va’da berdi.

So‘nggi vaqtlarda AQShning turli shtatlarida masjidlarga nisbatan buzg‘unchilik holatlari tez-tez qayd etilmoqda. 2016-yil avgustida esa Nyu-Yorkda imom va uning yordamchisi otib ketilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-02-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют