» » Jizzax shahridagi 81 mlrd so‘mlik “Ip yiguruv” fabrikasi xatlandi

Jizzax shahridagi 81 mlrd so‘mlik “Ip yiguruv” fabrikasi xatlandi


Jizzax shahridagi “Ip yiguruv” fabrikasi 81 milliard so‘mdan ziyod narxga baholangan mol-mulk xatlandi, deb yozadi Spot.

Zomin tumanlararo iqtisodiy sudining 2018-yil 6-iyul hamda Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudining 2018-yil 26-iyuldagi ijro varaqalariga asosan “ELEGANS TEKS” qo‘shma korxonasidan soliq qarzdorligi uchun mos ravishda 2 milliard 935 million 617 ming 686 so‘m va 616 millionn 40 ming 415 so‘m jami 3 milliard 551 million 658 ming so‘m qarzdorning mol-mulkiga qaratish bo‘yicha qaror chiqarilgan.

Shunga asosan, Majburiy ijro byurosi Jizzax shahar davlat ijrosi tomonidan qarzdorning Jizzax shahar, Ko‘tarma MFY, To‘qimachilar ko‘chasi, 7-uyda joylashgan “Ip yiguruv” fabrikasi xatlangan.

Mazkur bino mustaqil baholash kompaniyasi tomonidan 81 milliard 599 million 970 ming so‘mga baholangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2018, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют