» » Ostonada O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi

Ostonada O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi


­25-oktabr kuni Ostona shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2018-yilga mo‘ljallangan hamkorlik dasturiga muvofiq konsullik masalalari bo‘yicha navbatdagi vazirliklararo maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.

­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­O‘zbekiston TIV konsullik-huquqiy departamenti hamda Qozog‘iston TIV konsullik xizmati departamenti delegatsiyalari 1963-yilgi Konsullik aloqalari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi, huquqiy yordam hamda fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi ko‘p tomonlama va ikki tomonlama hujjatlar qoidalarining bajarilishi bilan bog‘liq masalalarni, shuningdek bir-birlarining hududlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha joriy hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Maslahatlashuvlar nihoyasiga yetgach, yakuniy bayonnoma imzolandi.

Maslahatlashuvlarning keyingi raundi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2018, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют