» » Toshkent viloyatida 2018-yilning 9 oyida sudlangan 961 nafar fuqaroga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi

Toshkent viloyatida 2018-yilning 9 oyida sudlangan 961 nafar fuqaroga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi


2018-yilning 9 oyi mobaynida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati, tuman va shahar sudlari tomonidan 4 ming 863 shaxsga nisbatan 3 ming 787 jinoyat ishi ko‘rildi. Ular soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 33,3 foizga kamaygan. Bu haqda Toshkent viloyati Jinoyat, Fuqarolik, Ma’muriy va Iqtisodiy sudlari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi brifingda ma’lumot berildi, deb yozadi ?O‘zA.

750 jinoyat ishi taraflar yarashgani munosabati bilan tugatilib, 59 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi va ajrimlari chiqarilgan. Sudlangan shaxslarning 883 nafariga ozodlikni cheklash, 961 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, bir nafariga umrbod ozodlikdan mahrum qilish, 457 nafariga jarima, 51 nafariga majburiy jamoat ishlari va 1 ming 74 nafariga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Ko‘rib tamomlangan ishlar bo‘yicha viloyatda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ayollar jinoyatchiligi 36,6 foizga kamaygan bo‘lsa, O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlarida oshgan. Shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi jinoyat ishlari 32,5 foizga kamaygani holda, Qibray va O‘rta Chirchiq tumanlarida ko‘paygan. Yoshlar o‘rtasida esa bu boradagi ko‘rsatkich 12,7 foizga kamaygan, ammo Chirchiq shahrida 40 foiz, O‘rta Chirchiq tumanida 21 foiz va Bekobod shahrida 20 foizdan ziyodga oshgan.

Shu davrda viloyat ma’muriy sudlari tomonidan 13 ming 613 shaxsga nisbatan 7 milliard 871 million so‘mlik jarima, 4 ming 507 shaxsga nisbatan maxsus huquqdan mahrum qilish, 1 ming 167 shaxsga nisbatan ma’muriy qamoq, 83 shaxsga nisbatan esa respublika hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish jazolari tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2018, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют