» » Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar endi kompleks sug‘urta xizmatidan foydalanishi mumkin

Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar endi kompleks sug‘urta xizmatidan foydalanishi mumkin


“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati rossiyalik hamkorlar bilan sug‘urta polisi va sug‘urta tavakkalchiliklar almashinuviga doir bitimlar tuzdi, deb xabar beradi O‘zA.

Kelishuvlar natijasida endi yangi xizmatlar  Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarni to‘liq va har tomonlama sug‘urta qilish imkonini beradi. Qayd etilishicha, Rossiyada “O‘zagrosug‘urta” AJ vakolatxonasi tashkil etildi. Unga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jo‘nab ketayotgan O‘zbekiston fuqarolarining kompleks sug‘urta himoyasi bo‘yicha Rossiya sug‘urta kompaniyalari sug‘urta agenti vazifasi yuklatilgan.

Rossiyadagi “O‘zagrosug‘urta” AJ vakolatxonasi rahbari S.Mansurova so‘zlariga ko‘ra, vakolatxonaning asosiy vazifasi – Rossiya hududida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga sug‘urta xizmatlarining barcha turlarini taqdim qilish qilish orqali ularning xavfsizligini ta’minlashdan iborat. Vakolatxona haftada yetti kun, kecha-yu kunduz ishlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2018, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют