» » Qarshidagi eski “Nasaf” stadioni o‘rnida suzish havzasi qurilmoqda. Shavkat Mirziyoyev majmuada barcha qulayliklarni yaratish haqida ko‘rsatma berdi

Qarshidagi eski “Nasaf” stadioni o‘rnida suzish havzasi qurilmoqda. Shavkat Mirziyoyev majmuada barcha qulayliklarni yaratish haqida ko‘rsatma berdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga safari doirasida 25-fevral kuni Qarshi shahridagi avvalgi “Nasaf” stadioni hududida barpo etilayotgan ko‘p tarmoqli suzish havzasi va zamonaviy dam olish majmuasida bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Qarshida Alisher Navoiy nomidagi bog‘ning rekonstruksiyasi bilan tanishdi

4,7 gektar maydonda qurilayotgan 25×11 metr o‘lchamdagi ikki suzish havzasi hududda suv sporti turlarini yanada ommalashtirishga xizmat qiladi.

Suvni tozalash, isitish, haroratni mo‘’tadil saqlash uskunalari o‘rnatiladigan basseynlar bu yerga keluvchilarning sog‘lig‘ini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

“Yoshlarimizning barkamol o‘sib-ulg‘ayishi uchun barcha sharoitlarni yaratishimiz kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Majmuani jihozlashda ilg‘or va tejamkor texnologiyalardan samarali foydalanish, kiyinish, yuvinish xonalarida barcha qulayliklarni yaratish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (25-02-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют