» » Belgiyada talonchilar do‘kon egasining iltimosiga binoan o‘z jinoyatini ikki marta ortga surdi

Belgiyada talonchilar do‘kon egasining iltimosiga binoan o‘z jinoyatini ikki marta ortga surdi


Belgiyaning Sharlerua shahri atrofida jinoyatchilar guruhi do‘kon egasining muassasani kechroq o‘marish haqidagi ”tavsiyasiga” ikki marta amal qildi va uchinchi urinishda qo‘lga tushdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, olti kishi elektron sigaretalar do‘konini talashga harakat qilgan, biroq do‘kon egasi ulardan kunning oxirida kelishni so‘ragan va o‘sha paytda kassada ko‘proq pul bo‘lishini aytgan. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilarni ishontirish uchun taxminan 14 daqiqa ketgan, ular do‘kon egasining so‘zlariga quloq solgan.

Shundan so‘ng jinoyatchilar ketgan, do‘kon egasi politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. Politsiya talonchilarning qaytib kelishiga ishonmagan va voqea joyiga kelmagan. Do‘kon yopilishidan bir soat oldin jinoiy guruh yana paydo bo‘lgan. Do‘kon egasi bu safar muassasani u yopilganidan keyin talashni so‘ragan. Jinoyatchilar yana uning gapiga kirgan. Uchinchi urinishda esa ularni politsiya kutib olgan.

Besh kishi qo‘lga olingan, bir kishi yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2018, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют