» » Farg‘onada “Tashabbus — 2018” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi (foto)

Farg‘onada “Tashabbus — 2018” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi (foto)


Farg‘ona olimpiya zaxiralari maktab-internatida Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Tashabbus – 2018” ko‘rik-tanlovining Farg‘ona viloyati bosqichi ishtirokchilarining mahsulotlar ko‘rgazmasi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rik-tanlovda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda salmoqli yutuqlarga erishib, iqtisodiyot va aholi turmush darajasini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, tashabbuskorligi bilan boshqalarga namuna bo‘layotgan 93 nafar tadbirkor, fermer va hunarmand ishtirok etdi.

Dang‘ara tumanidagi “Ayubxon tekstil” MChJ rahbari Dilshoda Usmonova “Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”, Quva tumanidagi “Farg‘ona tibbiy diagnostika” MChJ rahbari Abdumalik Ergashev “Xizmat ko‘rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”, Farg‘ona tumanidagi “Vodiy milk” fermer xo‘jaligi rahbari Alisher Abdurahmonov “Yilning eng yaxshi fermeri”, Oltiariq tumanidagi “Sado” xususiy korxonasi rahbari Sardor Nortojiyev “Yilning eng yaxshi hunarmandi”, Uchko‘prik tumanidagi “Mehrigiyo” oilaviy korxonasi rahbari Xondamir Nuriddinov “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori” yo‘nalishlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tanlovda “Eng yaxshi tadbirkor ayol”, “Eng yaxshi innovatsion loyiha”, “Yoshlarga eng ko‘p ish joyi yaratgan tadbirkor”, “Eng yaxshi oilaviy biznes sohibi”, “Eng yaxshi eksportchi”, “Eng mas’uliyatli ijtimoiy sherik”, “Yilning eng yaxshi mahsuloti” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2018, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют