» » Ramzan Qodirov Habib va Konorning do‘stlari o‘rtasida jang qilishga tayyorligini bildirdi

Ramzan Qodirov Habib va Konorning do‘stlari o‘rtasida jang qilishga tayyorligini bildirdi


Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov asli Rossiyada tug‘ilgan irlandiyalik UFC sportchisi Artyom Lobov hamda chechenistonlik Zubayra Tuxugov o‘rtasida jang tashkil etishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Olamsport”.

Lobov hozirda Konor Makgregor bilan bir klubda mashg‘ulot o‘tkazadi. U irlandiyalik sobiq jahon chempionining jamoadoshi hisoblanadi. Zubayra Tuxugov esa Habib Nurmagomedovning jamoadosh do‘stidir.

“Biz bunday chorlovlarni bajonidil qabul qilamiz. Agar Zubayra Tuxugov va Artyom Lobov o‘rtasidagi jangni UFC doirasida tashkil qila olmasak, u holda istalgan yakkakurash maydonchasida bahsni o‘tkazishga tayyormiz. Biz jangni yuqori saviyada o‘tkazamiz va Artyomga yaxshigina gonorarni kafolatlaymiz. Hamma gap uning o‘zida qoldi. O‘ylaymanki, Lobov bu gaplarni shunchaki keng ommaga maqtanib qo‘yish, shov-shuv ko‘tarish uchun aytmagan”, — deydi Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, Tuxugov Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor o‘rtasidagi jang yakunlanishi bilan oktagonga yugurib chiqib, irlanliyalik sportchini kaltaklashga uringandi. O‘shandan keyin Lobov Tuxugovni jangga chorlagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют