» » Yosh boladan mas’uliyatni talab qilish kerakmi?

Yosh boladan mas’uliyatni talab qilish kerakmi?


Ota-onalar ko‘pincha bolani “hamma narsani tushunadigan”, ammo dangasaligi yoki qaysarligi tufayli bu narsalarni qilmaydigan kichik “katta odam” deb hisoblaydi. Natijada boladan u o‘z yoshining alohida xususiyatlaridan kelib chiqib qodir bo‘lmagan narsalarni talab qiladi.

Ikki yoshgacha bo‘lgan bola o‘z harakatlari va ular keltirib chiqargan oqibatlar o‘rtasidagi aloqani anglay olmaydi. Uning uchun har qanday oqibat “to‘satdan bo‘lgan holat” hisoblanadi. U onasi va boshqa yaqin kishilari qanday reaksiya ko‘rsatishiga qarab mo‘ljal oladi va ko‘p marta salbiy munosabatni keltirib chiqargani uchun, qilish kerak bo‘lmagan xatti-harakatlarni bilib ola boshlaydi. Tashqi ko‘rinishi uchun ham, o‘yinchoqlari uchun ham chinakam mas’uliyat hali bo‘lmaydi, shunday ekan, uni talab qilish ham kerak emas.

2—3,5 yoshda ko‘pchilik bolalarda “uch yosh inqirozi” deb ataluvchi davr bo‘lib o‘tadi. Bunda bolaning xulqi ko‘pincha provokatsiyaga o‘xshaydi: u taqiqlarni bilgan holda, “mumkin bo‘lmagan” narsa haqiqatan ham mumkin emasligini “tekshirib ko‘radi”. Ushbu davrda maqbul deb topiladigan va tanbeh beriladigan xatti-harakatlar o‘rtasida chegara chiziladi.

Bola inqirozni boshidan kechirayotgan vaqtda u butunlay mas’uliyatsiz bo‘lib qolgandek ko‘rinishi mumkin. Qo‘rqish va bola mutlaqo “aynibdi”, endi mas’uliyatsiz odam bo‘lib yetishadi deb o‘ylash kerak emas. Bu davr o‘tgach, bolaning shaxsiyatidagi o‘sish yaqqol ko‘rinadi.

Опубликовано: admin (25-02-2017, 12:43)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют